JUMABOY JIROV

JUMABOY JIROV (Bozorov Juma boy) (1927.22.10, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston) — qoraqalpoq baxshisi, Nurabulla jirov (1862—1927) maktabining namoyandasi. Oʻzbekiston xalq baxshisi (2000). 1928-y. dan Qoraqalpogʻistonning Xoʻjayli, 1960-y. lardan Shoʻmanay tumanida istiqomat qiladi. Yoshlik davridan baxshilik sanʼatiga qiziqishni unda Abdurasul (Kal bola), Qulamet, Oʻteniyaz kabi atoqli qoraqalpoq jirovlari uygʻotgan. 1948—50-y. lari Yesemurod jirov (1893—1980) ga shogird tushgan. 1950-y. dan mustaqil ijod qiladi. Repertuaridan qoraqalpoq dostonlari («Koblan», «Sharyar», «Yedige»), toʻlgʻov («Oʻrmanbet biy») va xalq termalari («Darkor yigitga», «Shoʻmanay» va b.) oʻrin olgan. Turkmaniston, Qozogʻiston, shuningdek, Germaniyada bir necha bor gastrolda boʻlgan. Jumaboy jirov haqida «Jirov» kinofilmi (1998) suratga olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x