ROKFELLERLAR

ROKFELLERLAR — AQSHdagi eng yirik moliyasanoat guruhlaridan biri. 1870-y. da Jon Rokfeller (18391937) «Standart oyl» kompaniyasini tuzib, 19a. oxirida neft sanoati va savdosini monopoliya qilib olishi asosida yuzaga keldi. 20-a. ning 20-y. larida AQSHdagi yirik monopolistik guruhlar ichida Morganlarish soʻng 2oʻrinni egalladi. 1970-y. boshiga kelib Rokfellerlar nazoratidagi aktivlar 124,6 mlrd. dollarga yetdi. Rokfellerlarning hoz. moliyasanoat rypyxji oʻzagini «Ekson» neft monopoliyasi (aktivi 1973-y. da 36,8 mlrd. dollar) va «Cheyz Manxetten bank» tijorat banki tashkil kiladi. Rokfellerlar guruhi koʻpgina moliyakredit muassasalariga ega. Mashinasozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati tarmoklarining bir qancha korxonalari ularning tasarrufida.

Rokfellerlar boshqa moliyaviy guruhlar bilan birgalikda bir qancha yirik sanoat korporatsiyalari va banklarni nazorat qiladi. Rokfellerlar AQSH ning siyosiy hayotida ham muhim rol oʻynaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x