ROBOT

ROBOT (chexcha robota — erksiz mehnat, rob — qul) — insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori t-ra va b.)da, odam borishi qiyin boʻlgan obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashina. «Robot» terminini birinchi marta 1920-y. da chex yozuvchisi K. Chapek oʻzining «R. U. R.» pyesasida ishlatgan.

Robotlar, asosan, 3 turga boʻlinadi: qatʼiy dastur asosida ishlaydigan Robot, odam (operator) boshqaradigan Robot va sunʼiy intellektli (integralli) R. Ish bajarish turiga qarab, Robot manipulyatorlar, axborot uzatuvchi Robot, odimlovchi Robot va b. ga boʻlinadi. Robot larning tashqi koʻrinishi ham, xattiharakatlari ham odamni eslatadi, yaʼni ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va b. mashinalardan shu xususiyati bilan farq qiladi. Robotlar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan Robotlar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan Robot, Mas, Robot manipulyatorda «mexanik qoʻllari» va tashqi boshqarish pulti yoki oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) boʻladi. Operator P. qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha Robot avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. Robot manipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli boʻlgan (ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. Robotlar jarayonlarni avtomatlashtirishning eng samarali vositasi hisoblanadi.

Robot lardan foydalanish sohalari borgan sari kengayib bormokda. Mac, Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlay oladigan Robot «geolog», notani «oʻqib» elektr gitara chaladigan Robot «mashshoq», Avstraliyada qoʻy junini qirqadigan Robot «sartarosh», AQSH da suv ostida ishlay oladigan Robot «gʻavvos» yaratilgan. Germaniyada esa Robotlar politsiyada ishlaydi (ularga portlovchi moddalar oʻrnatilgan mashinalarni ochish vazifasi topshiriladi). Avtomobilsozlik rivojlangan barcha mamlakatlarda (shu jumladan, Oʻzbekistonda) Robotlar mashinalarni yigʻishda (ayniqsa, payvandlash ishlarida) qatnashadi. Ixtirochilar avtomobilni boshqara oladigan Robotni yasash bilan shugʻullanishmokda. Bunday Robotning varianti Volkswagen (VW) zdida (Germaniya) yaratilgan. «Klaus» laqabli ushbu Robot 2000-y. da namoyish qilingan. U boshqa R. lar kabi 2 qoʻl va 2 oyokdi emas, balki 3 qoʻl va 3 oyoqqa ega. Bu R. 2002-y. gi koʻrgazmada ham ishtirok etdi, lekin hali amalda qoʻllanilganicha yoʻq. Bunday R. lar ustida Yaponiyada ham tajribalar olib borilmoqda. «Soni» kompaniyasi (Yaponiya) sunʼiy intellektli «Aybo» («Oʻrtoq») nomli R. ni yaratdi (2004). U uydagi koʻp ishlarni (mebelni surish, oynani artish, telefon jiringlaganda uy egasini chaqirish va b. ni) bajaradi.

Mirkomil Mirboboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x