RIZOUDDIN ibn FAXRUDDIN

RIZOUDDIN ibn FAXRUDDIN, Faxretdinov Rizo (1859.4.1, Samara gubernyasi, Bugulma uyezdi — 1936.11.4, Ufa) — maʼrifatparvar, adib, sharqshunos, diniy arbob. Asosan, turkiy tilda yozgan. Ilk yirik asari — «Kitob at-tasrif» («Morfologiya haqida kitob»), Qozonda nashr qilingan (1887). 1891-y. dan Ufaga koʻchib kelib Orenburg musulmonlari diniy kengashida qozi boʻlib ishlagan (1906—22), Rossiyaning ichki qismi va Sibir musulmonlari Markaziy diniy boshqarmasi muftiysi (1922—32). Rossiya va b. mamlakatlardagi musulmonlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni kuchaytirish uchun intilgan, Gʻarbning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashgan. 1906—17 y. larda 50 ga yaqin kitobi nashr qilingan. Orenburgda nashr etilgan «Vaqt» gaz. (1906—08) muharrir oʻrinbosari va «Shoʻro» jur. (1908—18) muharriri. Uning asarlari 20-a. boshlaridayoq Turkistonda keng tarqalgan.

As: Tarbiyali xotun (T., 1991), Tarbiyali ona, Tarbiyali ota, Tarbiyali bola, Qozon, 1898; Axlu ayol, T., 1994.

Ad.: Tvorchestvo Rizы Faxretdinova: issledovaniye, materialы, Ufa, 1988.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x