RIZOSHOH PAHLAVIY

RIZOSHOH PAHLAVIY (1878.16.3, Mozandaron — 1944.26.7, Yoxannesburg) — Eron shohi (1925—41). Paxlaviylar sulolasi asoschisi. Dastlab Eron kazak brigadasida harbiy mansabdor. 1921-y. 21 fev. da mazkur brigada R. P. boshchiligida davlat toʻntarishi oʻtkazgan. 1921— 23 y. larda harbiy vazir. 1923-y. okt. — 1925-y. dek. da bosh vazir. Qojarlar sulolasi tugatilgach, 1925-y. 12 dek. da taʼsis majlisi Rizoshoh Pahlaviyni Eron shohi deb eʼlon qilgan. Rizoshoh Pahlaviy davrida demokratik tashkilotlar va matbuot qattiq taʼqib ostiga olingan. 30-y. larning oʻrtalaridan fashistlar Germaniyasi bilan yaqinlashish siyosatini olib borgan. Sovet va ingliz qoʻshinlari Eron hududiga kirishi bilan (1941-y. avg.) taxtdan voz kechib, mamlakatni tark etgan. JARda vafot etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x