RIXTER Svyatoslav Teofilovich

RIXTER Svyatoslav Teofilovich [1915.7(20).3, Jitomir] — rus pianinochisi. Xalq artisti (1961), Mehnat Qaxramoni (1975). 20-a. musiqa ijrochilik sanʼatining atokli namoyandasi, ulkan ijodiy qudrat, yorqin oʻziga xosligiga ega sanʼatkor. Musiqadan ilk saboklarni otasidan olgan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Ijodiga yuksak badiiy taʼsirchanlik, teran mazmundorlik va badiiy yaxlitlik xos. Nihoyatda keng repertuaridan mumtoz va 20-a. kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. 1934-y. da ilk yakka konsert bergan. 60 yillik ijrochilik faoliyati davomida Yevropa, Osiyo (jumladan, bir necha marta Oʻzbekistonda ham), Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Davlat mukofoti (1950), Rossiya Davlat mukofoti (1995) laureati.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x