RISHTON

RISHTON — Fargona viloyati Rishton tumanidagi shahar (1977-y. dan). Tumanning maʼmuriy markazi. Viloyatning gʻarbida, Soʻx daryosining oʻng sohilida, QoʻqonFargʻona avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Furqat (12 km). Rishtondan Fargʻonagacha — 52 km. Aholisi 30,9 ming kishi (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Soʻx — Shohimardon, Jonobod kanallari va artezian quduqlardan suv oladi.

Rishton 18-a. da yirik harbiy va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan qalʼa. Bu yerda Xitoy, Hindiston, keyinchalik rus savdogarlari toʻxtab oʻtganlar. Rishtonda qadimdan kulolchilik rivojlangan. Mashhur Rishton kulollarining mahsulotlari Sharq bozorlarida juda xaridorgir boʻlgan. Hoz. kunda ham Rishton ustalari tomonidan ishlangan sopol lagan, shokosa, koʻzalar va sopoldan ishlangan badiiy buyumlar respublikadan tashqarida ham mashhur. Rishtonda yigiruv toʻquv fkasi, MTP, badiiy kulolchilik buyumlari zdi va yuzlab xususiy kulolchilik kichik sexlari, 3 mingdan ziyod yakka tartibdagi hunarmandlar, Oʻzbekiston BA tasarrufida «Usto Abdullo» korxonasi ishlab turibdi. Dehqon va buyum bozorlari faoliyat koʻrsatadi.

Shaharda 6 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasbhunar kolleji, 1 litsey bor. Tuman qokimiyati binosi, davlat va maʼmuriy tashkilotlar, 2 madaniyat uyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona, 2 poliklinika va b. tibbiy muassasalar, bir qancha savdo, madaniy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.

Burhoniddin Margʻinoniy R. da tavallud topgan (shahardagi «Chinigaron qabristonida uning ramziy makbarasi barpo etilgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x