RILSKIY Maksim Fadeyevich

RILSKIY Maksim Fadeyevich [1895.7(19).3 — Kiyev — 1964.24.7] ukrain shoiri, olim va jamoat arbobi. SSSR FA (1958) va Ukraina FA (1943) akad. Ukraina Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1943—46). Ukraina FA Sanʼatagunoslik, folklor va etnografiya in-ti direktori (1944—64). Ilk sheʼrlar kitobi — «Oq orollarda» (1910). Sheʼriy toʻplamlarida xalqlar doʻstligi, vatanparvarlik gʻoyalari aks etgan («Kuzgi yulduzlar ostida», 1918; «Chorrahada», 1929; «Mening Vatanim», 1936; «Uzum yigʻish», 1940 va b.). «Marina» sheʼriy qissasida (1933) qul ayol obrazi yaratilgan. «Ona Vatan uchun» (1941), «Asl qurol» (1942) sheʼriy toʻplamlari va «Yoshlikka sayohat» dostoni (1944) urush mavzuida. «Koʻpriklar» (1948), «Gullar va uzum» (1957), «Olis ufklar» (1959), «Turnalar galasi» (1960), «Toʻrgʻay koʻlankasi» (1961), «Kishki xotiralar» (1964) va b. asarlar muallifi. A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, A. Miskevich, Yu. Slovaskiy va fransuz klassiklarining asarlarini ukrain tiliga tarjima kilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x