RIFTIN Vladimir Aleksandrovich

RIFTIN Vladimir Aleksandrovich [1903.1(13).1, Sarapul sh., Udmurdiya — 1987.2.1, Toshkent] — teatr rassomi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Xarkov rassomlik in-tini tugatgan (1928). 1941-y. dan Oʻzbekistonda yashab ijod qilgan. Riftin Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida Teatr dekoratsiyasi rassomligi kafedrasi tashkilotchilaridan (1954—80 y. lar kafedra mudiri, 1980-y. dan prof.). R. har bir spektakl janr va xususiyatiga mos sahna bezaklari yaratishga intildi. «Qargʻa motkasi» (1947, P. Chaykovskiy), «Ulugʻbek» (1959, A. Kozlovskiy) operalari; «Balerina» (1952, G. Mushel), «Semurgʻ» (1957, B. Brovsin) baletlari; «Hurriyat» (1958, Uygʻun), «Fargʻona hikoyasi» (1959, T. Jalilov, B. Zeydman), «Toshbolta oshiq» (1960, M. Leviyev), «Mirzo Ulugʻbek» (1970, M. Shayxzoda) kabi drama va tragediyalar shular jumlasidan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x