REYTING

REYTING (ing. rating) — 1) oʻquvchi va talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash usuli. Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining meʼyoriy hujjati sifatida qabul qilingan. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 1998—2003-y. larda joriy boʻlib kelgan. 2003-y. dan maktablarning boshlangʻich sinflarida qayta qoʻllanila boshladi.

Reyting tizimi oliy taʼlimda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun OʻzR Oliy va oʻrta mahsus taʼlim vazirligining 1999-y. 8-iyundagi, magistrlar bilimini nazorat qilish va baholash uchun 1999-y. 31 dek. dagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Unda semestr boʻyicha muayyan fandan 55% dan kam ball toʻplagan talaba akademik qarzdor, 56—70% ball toʻplagan talaba «oʻrta», 71—85% ball toʻplagan talaba «yaxshi», 86% dan yuqori ball toʻplagan talaba «aʼlo» koʻrsatkichga ega hisoblanadi. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning Reyting tizimi nazoratning 3 turi (joriy, oraliq, yakuniy) da amalga oshirilib, ularning oʻzlashtirishlarini muntazam nazorat etib borish, bilim sifatini baholashda xolislik, aniklik va oshkoralikni taʼminlaydi;

2) faoliyat turining samaradorligi va nufuzini belgilovchi usul. Mas, sport sohasida sportchi (komanda)ning Reyting koʻrsatkichi uning umumiy tasnifdagi oʻrnini belgilab beradi (jahon professional tennischilar Reytingi, professional bokschilarning chempionlik uchun finalgacha boʻlgan Reyting janglari, futbol boʻyicha terma jamoalar hamda komandalar Reytingi, shaxmatchi yoki shashkachi yutuqlarining son bilan ifodalanadigan va musobaqalardagi natijalariga qarab oʻzgarib turadigan shaxsiy koʻrsatkichi va h. k.);

3) siyosat, madaniyat va b. sohalardagi taniqli arboblarning jamoatchilik fikrini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x