ODESSA VILOYATI

ODESSA VILOYATI — Ukrainadagi viloyat. 1932-y. 27 fev. da tashkil etilgan. Ukrainaning jan.-gʻarbida joylashgan. Mayd. 33,3 ming km2. Aholisi 2566,8 ming kishi (1997), asosan ukrainlar, shuningdek, rus, bolgar, moldavan, yaxudiy va b. millat vakillari ham yashaydi. 26 tumanga boʻlingan; 14 shahar, 26 shaharcha bor. Markazi — Odessa sh.

Odessa viloyatining katta qismi Qora dengiz boʻyi pasttekisligida joylashgan. Viloyat shim. qismida Podoliya qirlarining etaklari bor. Foydali kazilmalari: granit, gneys, ohaktosh.

Ikdimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi jan. da —2°, shim. da —5°, iyulniki shim.-gʻarbida 2G, jan. da 23°. Yillik yogʻin 350—470 mm. Vegetatsiya davri 168—200 kun. Daryolari Kara dengiz havzasiga mansub. Asosiy daryolari: Dunay, Dnestr (Kuchurgan irmogʻi b-n), Kodima va Savranka (Jan. Bugning oʻng irmogʻi). Dunay daryosining deltasi va Dnestr daryosining koʻlob yerlari botqoklangan. Yozda qurib qoladigan kichik dare ham koʻp. Viloyatning yirik daryolari kema qatnovida, sugʻorishda va gidroenergiya olishda katta xoʻjalik ahamiyatiga ega. Dengiz sohiliga yakin joylarda chuchuk va shoʻr suvli koʻl koʻp.

Tuprogʻi, asosan, qoratuproq. Viloyat shim. da oʻrmon (dub, qora qayin, shumtol, joʻka) saqlanib qolgan. 25 ming ga dan ortiq oʻrmon ihota daraxt-zorlari bor. Kemiruvchilardan malla tovushqon, olaxurjun, yumronqoziq, qoʻshoyoq, qushlardan qiron qora uchraydi. Daryolari baliqqa boy. Ondatra, qirgʻovul iqlimlashtirilgan.

Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik. Q. x. mashinalari (asosan, pluglar), programma bilan boshqariladigan stanoklar, texnologik va b. tarozilar, oʻziyurar va koʻtarma kranlar, kino va elektrotexnika apparaturasi, sovitkichlar, kimyo va poligrafiya sanoatlari uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Odessa, Izmail, Kiliyada kema taʼmirlash z-dlari bor. Oziq-ovqat sanoatida yalpi sanoat mah-sulotining 60% dan ortigʻini Odessa beradi. Yengil sanoat korxonalari (toʻqimachilik, jut, movut, koʻn, poyab-zal, tikuvchilik va b.), aksari Odessa, Tatarbunari, Balta, Belgorod-Dnestrovskiy, Bolgrad sh. larida joylashgan.

Qurilish materiallari sanoatida temir-beton buyumlar, sement, gʻisht, cherepitsa, ruberoid, devor plitalari, ohak va h. k. ishlab chiqariladi.

Kimyo sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyoda ishlaydi va superfosfat, linoleum, boʻyok,, plastmassa, polietilen plyonkalar ishlab chiqariladi. Sellyuloza-qogʻoz, qurilish materiallari sanoati ham rivojlangan.

Q. x. yalpi mahsulotining 61,8% dehqonchilikdan, 38,2% chorvachilikdan oli-nadi. Q. x. da gʻallachilik va sut-goʻsht chor-vachiligi yetakchi oʻrinda. Tokchilik va bogʻdorchilik ham rivojlangan. Gʻalladan tashqari texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ekiladi. Qoramol, choʻchqa, koʻy va echki, parranda boqiladi. Temir yoʻl uz. 1039 km, avtomobil yoʻllari 8,7 ming km. Dunay daryosida yuk tashiladi. Aeroport bor. Odessa viloyati hududidan Shebelinka — Odessa magistral gaz quvurining bir kis-mi oʻtadi. 16 oliy oʻquv yurti, 8 i. t. instituti, Odessa astronomiya rasadxonasi va b. ilmiy muassasalar bor. Om-maviy kutubxonalar, 7 muzey, 6 teatr, klublar mavjud. Telestudiya faoliyat koʻrsatadi. Odessa viloyati hududida balneologik, balchiq bilan davolaydigan va iklimiy kurortlar joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x