REVOLVER

REVOLVER (lot. revolvo — aylanaman) — aylanuvchi barabanmagazinli, koʻp zaryadli, oʻyma stvolli shaxsiy oʻq otar qurol; toʻpponcha turi. 100 m gacha masofadagi jonli nishonni shikastlaydi. Kalibri 7,62—11,56 mm, ogʻirligi 0,75— 1,3 kg, barabanidagi patronlar soni —6—7. Oʻq otilganda baraban aylantirish mexanizmi barabanni aylantiradi. Dastlabki (16 — 19-a. lar) Revolverlar piltali va chaqmoqli boʻlgan, ularning barabani qoʻlda aylantirilgan. 19-a. ning 10—30y. larida barabanni mexanik ravishda aylantiradigan Revolverlar ixtiro kilindi. 1895-y. da nagan tizimidagi Revolver namunasi ishlab chiqarildi. Vazifasiga koʻra, Revolver harbiylar, politsiyachilar, fuqarolar ishlatadigan va sportda qoʻllaniladigan xillarga boʻlinadi. Avtomatik pistoletlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi munosabati bilan armiya va flot R. bilan qurollantirilmaydigan boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x