Revmatizm (bod) xurujida

DO`STLARGA ULASHING:

Agar sizni to‘satdan bod xuruji bezovta qilsa, tashvishlanmang. Ushbu qadimgi shifobaxsh muolaja sizga asqotadi. Buning uchun sizga soz tuproq (tarkibida kremniy moddasi mo‘l bo‘lgan) kerak bo‘ladi. Odatda bunday tuproqdan tandirsozlar tandir yasashadi. Undan loy qorib, biroz tindirasiz va oshxamirdek yupqa yoyasiz. Keyin uni og‘riqli sohaga bog‘lab, ustidan qariqiz giyohini yopasiz. So‘ng uning ustidan jun mato bilan o‘rab qo‘yasiz.

Ushbu bozillama (kompress) bir yarim soatdan keyin yechib olinadi. O‘n kun davomida bu muolajani davom ettirasiz. Keyin xasta odam o‘n kun dam oladi. Va yana o‘n kun muolaja davom ettiriladi. Davo kursi uch-to‘rt marta shu usulda bajariladi. Faqatgina issiq kunlarda loydan foydalanish mumkin. Boshqa faslda esa uning o‘rnida kartoshkani qo‘llash kerak. Tozalangan va qirg‘ichdan o‘tkazilgan kartoshkani paxta yoki zig‘ir tolali mato ustiga surtib, og‘riqli joyga bog‘lab qo‘yasiz. Tuni bilan bozillamani yechmaysiz. Bu muolaja ham xuddi loyli davo kursi kabi amalga oshiriladi. Xasta odam muolajalar oralig‘ida o‘n kun dam oladi.

Bodning hurujini oldini olish uchun zarchavali choy ichish zarur. Buning uchun (1sm) zanjabil ildizini qirg‘ichdan o‘tkazib, unga yaxshi yuvib, tozalangan va qirg‘ichdan o‘tkazilgan limon po‘sti (sedrasi)ni solasiz. Keyin ustidan bir osh qoshiq zarchava solasiz va 0.5 l chinni choynakka damlaysiz. Choynakni 15 daqiqaga sochiq bilan o‘rab qo‘ying. Kun davomida uni ichish mumkin.

soglom.uz/tavsiya/revmatizm-bod-xurujida/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x