REVALVATSIYA

REVALVATSIYA (re… va lot. valeo — qadr-qimmatga egaman) —1) milliy valyutapul birligi kursini boshqa mamlakatlar yoki xalqaro valyutapul birliklariga nisbatan rasmiy oshirish. Inflyatsiya bartaraf etilganidan keyin ichki pul muomalasini barqarorlashtirish usullaridan biri. Iqtisodiyotga devalvatsiyam nisbatan aksincha taʼsir koʻrsatadi. Muayyan bir mamlakat valyuta kursini boshqa mamlakatlar valyutalariga nisbatan koʻtarish eksport qilinayotgan tovarlarning chet el valyutasidagi narxini oshiradi va bu bilan xalqaro bozorda mamlakatning raqobat qilish qobiliyatini pasaytiradi, tovarlar eksportiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Revalvatsiyani oʻtkazayotgan mamlakat uchun Revalvatsiya chet el valyutasini arzonroq sotib olish imkoniyatini yaratadi, bu esa tovarlar importyorlari va kapital eksportyorlari manfaatlariga muvofiq keladi;

2) kassadagi nakd pulni qayta baholash, milliy valyutada ifodalangan oltinning umumiy summasi va markaziy bank balansida turgan valyuta hisobkitobini bildiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x