RENTGEN — rentgen va gammanurlanishlar ekspozitsiya dozasining birliklar tizimiga kirmagan birligi; ular havoni ionlash taʼsirini ifodalaydi. V. K. Rentgen sharafiga qoʻyilgan. R bilan belgilanadi. 1 R rentgen va gammanurlanishda ishtirok etuvchi elektronlar 0,001293 g havoda bir xil ishorali barcha ionlarning yigindi zaryadi 4ʻYu Kl ga teng boʻlgan ionlarni hosil qiladigan doza. 1 R 1 sm3 havoda 2,083109 juft ion yoki 1 g havoda 1,61 10ʻ2 juft ion borligini anglatadi. R. Xalqaro birliklar tizimidatk ekspozitsiya dozasi (Kl/kg) bilan kuyidagicha bogʻlangan: 1 R=2,57976104 Kl/kg. Dozimetriyada Rentgenning fizik ekvivalenti RFE va biologik ekvivalenti RBE degan doza birliklar i mavjud. RFE turli ionlovchi nurlanishni ifodalaydi; unda 1 g moddada yutilgan energiya miqdori 1 R dozali rentgen yoki gammanurlanish 1 g havoni ionlash uchun sarf qilgan energiyasi miqdoriga teng. 1 RFE = 85 erg/g. RBE turli ionlovchi nurlanishning biologik toʻqimada yutilgan shunday mik,doriki, uning biologik taʼsiri 1 R dozali rentgen yoki gammanurlanishning taʼsiriga ekvivalent. R. texnika, tibbiyot va b. sohalarda keng qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые