RENTA

RENTA (nem. rente, lot. reddita — qaytarib berilgan) — 1) keng maʼnoda — mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmasdan yer, molmulk, kapitaldan muntazam oladigan daromadi; ssudaga berilgan kapitaldan foiz, yer egalarining ijaraga berilgan yer uchastkasidan, uyjoy egalarining ijaraga berilgan binolardan muntazam oladigan daromadi. Tor maʼnoda Renta — qatʼiy daromadli pul kapitali va qimmatli qogʻozlar egalari foiz shaklida oladigan daromad. Aksariyat hollarda Renta tushunchasi yerni ijaraga berish natijasida olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi (q. Yer rentasi);

2) sugurta polney boʻyicha sugʻurta tashkiloti tomonidan sugʻurtalangan shaxsga har yili toʻlanadigan pul summasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x