RELAKSATSIYA

RELAKSATSIYA (lot. relaxatio — kucheizlanish) — termodinamik muvozanat holatidan chiqarilgan makroskopik tizimning oʻz-oʻzidan avvalgi holatiga qaytish jarayoni. Tizimning muvozanat holatiga oʻtish jarayoni maʼlum tezlikda sodir boʻlib, bu tezlik faqat termodinamik parametrlar (bosim, t-ra va b.)gagina emas, tizimning mikroskopik xarakteristikalariga, xususan, tizimni tashkil etuvchi zarralarning oʻzaro taʼsirlashishlariga ham bogʻliqdir. Oʻzaro taʼsirlashish koʻp jihatdan zarralarning erkin yugurish yoʻli va erkin yugurish vaqtiga bogʻliq. Hamma Relaksatsiya jarayonlar muvozanatsiz jarayonlardan iborat boʻlib, entropiyaning ortib borishi kuzatiladi va kinetika bu jarayonlarni toʻla oʻrganadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x