REKVIYEM

REKVIYEM (lot. reguiem — orom, tinchlik) — marxumlar xotirasiga bagʻishlangan messa turi, diniy musiqa janri, lotin matnlariga aytiladigan vokal yoki vokal cholgʻu turkumi. Tantanavor messadan baʼzi («Gloria», «Credo») qismlarining oʻrniga boshqa («Reguiem aeternam» — «Abadiy orom», «Dies irae» — «Qiyomat» kabi) qismlarning kiritilishi bilan farqlanadi. Qaygʻuli, motamsaro xarakterga ega. Dastlab bir ovozli grigorian xorali kuylariga asoslangan. 15-a. dan koʻp ovozli xor polifonik asari (G. Dyufai, Y. Okegem, O. Lasso, J. Palestrina), 17-a. dan xor, yakkaxon xonandalar va orkestr uchun gomofoniya uslubidagi yirik asar sifatida rivoj topdi. V. A. Motsart, G. Berlioz, J. Verdi, I. Brams R. lari mazkur janrining eng mashhur namunalaridir. 20-a. kompozitorlari (I. Stravinskiy, A. Shnitke va b.) diniy (lotin) matnlari katori zamonaviy shoirlar sheʼrlaridan xam foydalanishgan (Mas, B. Brittenning «Harbiy rekviyem»i). Oʻzbekistonda Rekviyem janriga M. Burhonov («Abadiy xotira», 1996), F. YanovYanovskiy («Rekviyem», 1997)lar murojaat qilishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x