REFLEKSLAR

REFLEKSLAR — organizmning markaziy nerv sistemasi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari taʼsiridan retseptorlar qoʻzgʻalishiga javob reaksiyasi. Reflekslarning tuzilish mexanizmi reflektor yoydan iborat. Bunda retseptorlar taʼsirotni qabul qilib, sezuvchi (afferent) nervlarga, ular miya markaziga, markaziy nerv sistemasi qoʻzgʻalishi miyadan harakat organlariga uzatuvchi (efferent) nervlarga, ulardan effektorlar — muskullar, bezlar hamda ichki aʼzolarga oʻtkazadi. Reflekslar aʼzolar ishini va ularning oʻzaro taʼsirini tartibga keltirishda (q. Gomeostaz), organizm bir butunligini sak,lash hamda yashash sharoitiga moslanishda katta ahamiyatga ega.

Reflekslar haqidagi dastlabki tasavvurlarni fransuz filosofi va tabiatshunosi Reflekslar Dekart ilgari surgan. 18-a. da Reflekslar va reflektor apparat toʻgʻrisidagi taʼlimotga shveysariyalik A. Galler, chex Y. Proxaska, shotland Ch. Bell, fransuz F. Majandi va b. oʻz hissasini qoʻshdi. 19-a. ning 2-yarmiga kelib, reflektor (avtomatik, ixtiyorsiz), shuningdek, ixtiyoriy harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplandi. I. M. Sechenov oʻz asarlarida «hayotdagi barcha ongli va ongsiz aktlar butun mohiyati bilan Reflekslar dir» degan edi. Bu tushunchani I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotda rivojlantirdi. I. P. Pavlov barcha Reflekslarning kelib chiqishi, mexanizmi va biologik ahamiyatini hisobga olib, tugʻma Reflekslarni shartsiz reflekslar va hayot davomida orttirilgan Reflekslarni shartli reflekslarta ajratdi.

Reflekslar turiga qarab, millisekunddan bir necha sekundgacha davom etadi. Qoʻzgʻalish reflektor yoyda faqat bir yoʻnalishda — afferent neyrondan efferentga tomon oʻtkaziladi. Bu xususiyat neyronlararo qoʻzgʻalishni uzatish paytida ajralib, sinaptik tutashishni vujudga keltiruvchi kimyoviy moddalar (mediatorlar)ta bogʻliq. Reflekslar aloxidaalohida kechmasdan, maʼlum funksional hamda biologik ahamiyatga ega boʻlgan murakkab reflektor aktlarga birlashadi (Mas, ogʻriqni sezish natijasida hosil boʻladigan reflektor Reflekslarda bir muskul qisqarsa, ikkinchisi boʻshashadi, nafas hamda yurak faoliyati oʻzgaradi va h. k.). Ichki aʼzolar kasalliklari natijasida patologik Reflekslar roʻy berishi mumkin. Mas, oʻpka arteriyasi ichki pardasining maʼlum kiyem iga yot tana taʼsirida yurak ishi toʻxtaydi (shartsiz patologik Reflekslar), obhavo yomon paytda toqqa koʻtarilayotganda yurak toj tomirlarida spazm roʻy beradi, xuddi shu holat obhavo yaxshi vaqtda ham xuddi oʻsha joyda takrorlanishi mumkin (shartli patologik Reflekslar). Shartli patologik Reflekslar takror taʼsirot bilan mustahkamlanmasada, uzoq vaqtgacha saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x