REFERAT

REFERAT (lot. refero — axborot beryapman) — biror ilmiy asar, maqola, oʻqilgan kitob va sh. k. mazmunining qisqacha yozma yoki ogʻzaki bayoni; oʻrganilgan ilmiy masalaning natijasi haqida axborot; tegishli adabiyot va b. manbalarning qisqartirilgan sharxli tahlilini oʻz ichiga olgan maʼlum mavzudagi maʼruza. R., odatda, ilmiy axborot vazifasini oʻtaydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi b-n birga, tegishli ilmiy nazariyalar, ilmiy xulosalar taxlil etilishi va tanqid qilinishi mumkin. Oʻzbekistonda Referat ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylar, kasbhunar kollejlari, umumiy taʼlim maktablarida koʻp qoʻllaniladigan didaktik vositadir. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasbhunar kollejlari, akademik litseylar oʻquvchilari hamda oliy oʻquv yurtlari talabalarining fakultativ mashgʻulotlardagi maxsus axborotlari ham Referat deyiladi. Dissertatsiya yuzasidan tayyorlanadigan Referat (avtoreferat) da dissertatsiyaning asosiy mazmuni va xulosalari ifodalanadi.

Roʻzmon Keldiyorov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x