REABILITATSIYA

REABILITATSIYA — huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tomonidan jinoyat sodir etishda asossiz gumon qilingan yoxud ayblangan shaxs shaʼni va qadrqimmatining tiklanishi. Reabilitatsiya inson huquklariiya kafolatlashning oʻziga xos turi.

Reabilitatsiya huquqiy davlat, adolatli fuqaroviy jamiyat qurishning muhim shartlaridan hisoblanadi. OʻzR da shaxsning huquq va qonuniy manfaatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, shuningdek, xalqaro hujjatlar bilan muhofaza qilinadi va kafolatlanadi. 1930—40 y. lardagi qatagʻon qurbonlarining xotirasini abadiylashtirishda hamda ularning shaʼni va qadrqimmatini tiklashga qaratilgan normativ hujjatlarda Reabilitatsiya qoʻllash nazarda tutilgan. Shuningdek, shoʻrolar davrida mamlakatning olis joylariga majburiy ravishda koʻchirilgan xalqlar va ayrim fuqarolar ham Reabilitatsiya qilindi. P. qilingan shaxsga nisbatan gʻayriqonuniy protsessual majburlov choralari qoʻllangan, chunonchi ushlab turilgan, qamoqda saqlangan, egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan boʻlsa, unga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy ziyon qoplanishi, uning barcha huquklari tiklanishi shart.

Reabilitatsiya toʻla yoki qisman Reabilitatsiya koʻrinishida boʻladi. Javobgarlikdan batamom ozod qilingan aybsiz shaxs toʻla Reabilitatsiya qilingan hisoblanadi. Agar shaxs qamoqda saqlab turilganiga qaraganda kamroq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan yoki qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan, ayblov qisman chiqarib tashlangan, yuqori sud ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtalgan qismidan ham kamaytirilgan yoxud yengilroq jazo turi b-n almashtirgan, jinoiy jazo tayinlamay hukm chiqargan boʻlsa, u qisman Reabilitatsiya qilingan boʻladi. Toʻla yoki qisman Reabilitatsiya etilgan shaxsga ziyon tegishlicha toʻla hajmda yoxud qisman qoplanishi lozim. Reabilitatsiya qilinganni lavozimiga tiklash, ishlashdan mahrum boʻlgan vaqtini mehnat va ixtisoslik stajiga qoʻshish, oʻquv yurtida oʻqish va uyjoydan foydalanish huquqlarini tiklash tartibi bor. Shaxs ushlab turilgani, qamalgani, lavozimidan chetlashtirilgani, tibbiy muassasaga joylashtirilgani haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan boʻlsa, u R. qilingani haqida oʻsha ommaviy axborot vositalarida xabar berilishi shart. Reabilitatsiya etilgan shaxs vafot etgan taqsirda unga yetkazilgan moddiy ziyon uning merosxoʻrlari va oila aʼzolari foydasiga undiriladi. Ziyonning miqdorini sud belgilaydi. Mulkiy ziyon toʻlanishini manfaatdor shaxslar tergovchi, prokuror yoki suddan 2 yil mobaynida, boshqa huquqlarni tiklashni 1 yil mobaynida talab qilishlari mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 301 — 313moddalar).

Gʻafur Abdumajidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x