Rayhon — Orzuingga ishon

Dunyoga keladi inson asli yig’lab,
Har ne solar boshiga taqdir uni sinab.
Kulib qarshi oling sinovlarni har dam,
Har kimning boshida bor ko’zyosh, dardu-alam.

Bu dunyo o’zi asli yolg’on,
Kechagi kun biz uchun armon,
Yashashning o’zi bir baxt erur.

Har kimsa qilsa yaxshi niyat,
Orzuning oti – yarim davlat,
Har lahza Allohim baxt berur.

Sen orzuinga ishon, taqdirga ishon,
Hammasi qo’lingda, hayoting ham.
Orzuinga ishon, taqdirga ishon,
Ertami-kechmi sen baxting topasan.

Taqdirimizdagi zulmat, qora yo’llar,
Gar yaxshi niyat qilsak, bizga taslim bo’lar.
Juda go’zal erur aslida bu dunyo,
Shukronalar aytaylik borimizga hatto.

Bu dunyo o’zi asli yolg’on,
Kechagi kun biz uchun armon,
Yashashning o’zi bir baxt erur.

Har kimsa qilsa yaxshi niyat,
Orzuning oti – yarim davlat,
Har lahza Allohim baxt berur.

Sen orzuinga ishon, taqdirga ishon,
Hammasi qo’lingda, hayoting ham.
Orzuinga ishon, taqdirga ishon,
Ertami-kechmi sen baxting topasan. (x1+x1)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x