Rayhon — Mayli manda

O`jarligingga ko`nganim,
Tilimni tiyib yurganim
Yetmadimi, ayt yetmadimi?
Yoningda kulib turganim,
Zardangga ko`zimni yumganim
Ayt yetmadimi, ayt yetmadimi?

Dilingda yoki gumon,
Yomon xayollar hamon
Ketmadimi, yo ketmadimi?
Qachongacha bu davom,
Chegaralardan yomon
Voy o`tmadimi, voy o`tmadimi?

Mayli manda, mayli sanda
Xato bo`lsa bo`lar ekanda,
Lekin jonim, o`zing baribir o`jarsanda.
Mayli manda, mayli sanda
Xato bo`lsa bo`lar ekanda,
Lekin jonim, o`zing baribir qaysarsanda.

Bekor dilimni o`yganing,
Ko`p martalab ranjitganing
Bo`lmadimi, ayt bo`lmadimi?
Nahotki zarra vijdoning,
Sevging, g`ururing, insofing
Ayt qolmadimi, ayt qolmadimi?

Dilingda yoki gumon,
Yomon xayollar hamon
Ketmadimi, yo ketmadimi?
Qachongacha bu davom,
Chegaralardan yomon
Voy o`tmadimi, voy o`tmadimi?

Mayli manda, mayli sanda
Xato bo`lsa bo`lar ekanda,
Lekin jonim, o`zing baribir o`jarsanda.
Mayli manda, mayli sanda
Xato bo`lsa bo`lar ekanda,
Lekin jonim, o`zing baribir qaysarsanda. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x