RASHIDOV

RASHIDOV Nosir (1936.13.1 — Jizzax tumani — 2002.12.4) — mashinasozlik sohasidagi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi FA akad. (1991), texnika fanlari d-ri (1976), prof. (1978), Toshkent politexnika in-tini tugatgan (1958), Toshkent q. x. mashinasozligi zdida muhandis (1960 — 63), Oʻrta Osiyo q. x. ni mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish i. t. institutida aspirant, lab. mudiri, boʻlim boshligʻi (1963—92), ayni paytda Toshkent avtomobilyoʻllar in-tida kafedra mudiri (1972—84), Jizzax politexnika in-ti rektori (1992—2002). Ilmiy ishlari avtotransportpoyezdlarning toʻgʻri va egri chiziqli harakatlanishi, tormozlanishi hamda turgʻunligi nazariyasiga, paxta xom ashyosini tashishni takomillashtirishning nazariy masalalariga doir. Rashidov koʻp zvenoli traktorpoyezdlar ixtirochisi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1977).

As: Paxta xom ashyosini tashishni takomillashtirish, T., 1972; Koʻp zvenoli traktorpoyezdlarning tormozlanishi, T., 1978; Koʻp zvenoli traktorpoyezdlar, T., 1981.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x