RASHIDOV Sharof Rashidovich

RASHIDOV Sharof Rashidovich (1917.6.11, Jizzax sh. — 1983.31.10, Toshkent) — davlat va jamoat arbobi, yozuvchi. Jizzax ped. texnikumini (1935), SamDU ning filologiya f-tini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gaz. da masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va muharrir (1937—41,1943). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-y. noyab. — 1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944—47), «Kizil Oʻzbekiston» gaz. muharriri (1947 — 49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949—50). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (195059). Oʻzbekiston KP MK 1kotibi (1959 83). KPSS MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzoligiga nomzod (1961—83). 2-marta Mehnat Qaxramoni (1974, 1977).

Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1yirik asari — «Chegarachi» dostoni 1937-y. da nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash tuygʻulari bilan sugorilgan «Qaxrim» sheʼrlar toʻplami 1945-y. da chop etildi. Rashidov davrning muhim hisoblangan muammolaridan biri — qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida «Gʻoliblar» qissasini (1953) yezdi. 2-jahon urushi yillarida front orqasida qaxramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bagʻishlangan «Boʻrondan kuchli» (1958) va «Qudratli toʻlqin» (1964), «Gʻoliblar» (1972) romanlarini yaratdi. Rashidov xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan voqealarni davlat va partiya arbobi sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan «Kashmir qoʻshigʻi» lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida oʻrinni egallaydi.

Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga q. x. yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-y. lar qatagʻonida nohaq qoralandi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oklandi va u Vatanimiz tarixidagi munosib oʻrnini egalladi. Prezident I. A. Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. R. Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyi meʼmoriy majmuasi uchun qurilish gʻoyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax sh. dagi koʻchalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Jizzaxda Rashidov haykali va muzeyi bor. «Chigʻatoy» qabristoniga dafn etilgan.

As: Asarlar [5 j. li], 1—5j. lar, T., 1981—83; Erk istar koʻngil [qissa, kinossenariy, sheʼrlar], T., 1992.

Ad.: Karimov I., Oʻzbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1j., T., 1996; Rashidov A., Akam haqida, T., 1992; Rizayev S, Sharaf Rashidov. Shtrixi k portretu, T., 1992; Mirzayev S, Shermuhamedov S, Hozirgi zamonoʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1993; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x