RASADXONA

RASADXONA, observatoriya — astronomik, geofizik, meteorologik va b. tadqiqotlar uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino. Dastlab, obyektlarni kuzatish b-n shugʻullanadigan joy sifatida paydo boʻlgan, keyin i. t. muassasasiga aylangan. Oʻrta asrlarda Sharqda koʻplab Rasadxonalar kurilgan (q. Ulugʻbek rasadxonasi). Keyinchalik (16-a. oʻrtalaridan) Yevropada Rasadxonalar optik, radiofizik va b. asboblar b-n taʼminlana boshladi. Oʻzbekistonda optik asboblar bilan jihozlangan Rasadxona birinchi marta 1973-y. da Toshkentda Turkiston harbiy okrugi Harbiy topografiya boʻlimi tizimida astronomiya va fizika R. si sifatida tashkil qilindi. Unda i. t. ishlari (vaqtni oʻlchash, quyosh faolligi, quyosh va oy tutilishi, meteorologik, seysmik kuzatishlar va b. ishlar) olib boriladi (q. Astronomiya instituti). R. larda astronomik, magnit, gidrometeorologik, seysmik va b. kuzatish hamda tadqiqotlar olib boriladi. Astronomik Rasadxona lardan tashqari, aerologik Rasadxona, dengiz R. si, geofizik Rasadxona, kosmik Rasadxona, magnit R., meteorologik Rasadxonalar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x