RAKURS (frans. raccourcir — qisqartirmoq) — tasviriy sanʼatda turli narsalarni perspektiv qisqartirib aks ettirish. Bezak rassomligida Rakurs fazoviy kenglik va harakatni oʻta samarali koʻrsatish uchun qoʻllaniladi. Meʼmoriy inshootlar (shift, gumbaz kabilar)ning rasmi chizilayotganda bino toʻgʻrisida kishida toʻgʻri tasavvur hosil qilish uchun Rakurs meʼyoriga alohida eʼtibor beriladi. Kino sanʼatida — bir joyda turgan yoki harakatdagi kinokamera orqali bir obyektning turli tomonlardan suratga olinishi. Voqeani, kishini har tomonlama koʻrsatish imkonini beradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые