OYATULLOH

OYATULLOH (arab. — Alloh moʻjiza-si) — shialikda mustaqil fatvo berish huquqiga ega boʻlgan din olim (mujtahid)larining unvoni. Oyatulloh istilohi shu maʼnoda 19-a. ning 2-yarmida ishlatila boshlagan. 20-a. 40-y. laridan esa keng qoʻllanilmoqda. Oyatullohlar dindorlar orasida katta obroʻga, shialik tapqalgan davlatlarda (Eron, Iroq) siyosiy taʼsirga ham ega. Oyatulloh unvoni yuzlab ulamolarda bor. Ulardan bir nechasi «Oyatullohi uzmo» («Buyuk Oyatulloh»), eng yuksak obroʻga ega boʻlgan bittasi «Marjai taqlid» («Taqlid qilinadigan inson») deb ataladi va u barcha shialarning oliy rahnamosi deb taniladi (yana q. Xumayniy).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x