RAJABOV Telman Dadayevich

RAJABOV Telman Dadayevich (1935.15.8, Samarqand) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995), fizikamat, fanlari d-ri (1982), prof. (1983). Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1959). Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida muhandis, kichik ilmiy xodim (195965), Fizikatexnika in-ti (1969-y. dan Elektronika inti)da bosh muhandis, katta ilmiy xodim, lab. mudiri (1966—86), Ilmiy asbobsozlik markaziy loyihalashkonstruktorlik byurosi direktori (1986—92), Toshkent elektrotexnika aloqa in-ti (hoz. Toshkent axborot texnologiyalar un-ti) rektori (1992—98), shu un-t krshidagi Markaziy Osiyo telekommunikatsiyalar oʻquv markazi direktori (1998—2001), oʻsha untda kafedra mudiri (1999-y. dan). Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasi, vakuum texnikasi va fizikasi, plazma fizikasi, kosmik kemalar va yoʻldoshlarni faol elektrostatik muhofazalash, korroziyaga karshi krplamalar olish va maxsus ion manbalari yaratish, turli materiallar va krplamalar sirtini fizik-kimyoviy modifikatsiyalash masalalari va b. ga doir. Rajabov rahbarligida xalq xoʻjaligi ehtiyojlari (meva va sabzavotlarni vakuumda sublimatsion usulda quritish, biologik preparatlarni liofil usulda quritish va b.) uchun sanoat qurilmalari yaratildi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

As: Modifikatsiya svoystv tonkix metallicheskix plyonok i pokrыtiy pod vozdeystviyem ionnogo oblucheniya; Vladivostok, 1991; Materiallar va krplamalar sirti xossalarini ion bilan nurlantirib modifikatsiyalash, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x