RAJABOV Siddiq Rajabovich

RAJABOV Siddiq Rajabovich [1910.19.3 (1.4), Qozogʻistonning xrz. Taroz sh. — 1993.28.2, Toshkent] — pedagog olim, ped. fanlari d-ri (1958), prof. (1959), SSSR Ped. FA haqiqiy aʼzosi (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Fargʻona ped. in-tini tugatgan (1933). Ilmiypedagogik faoliyatini shu intning ped. nazariyasi va tarixi kafedrasida assistentlikdan boshlagan. 1935-y. dan Toshkent ped. in-tida oʻqituvchi, 1941 — 42 y. larda maʼmuriy ishlarda. 1943-y. dan «Qizil Uzbekistan» gaz. muharriri, 1947—61 va 1966-y. dan Toshkent ped. institutining ped. kafedrasi mudiri. 1962 — 66 y. larda Oʻzbekiston ped. fanlari i. t. instituta direktori. Ilmiy ishlari didaktika, ped. nazariyasi. Oʻzbekistonda ped. tarixi masalalariga bagʻishlangan.

As: Pedagogika fani taraqqiyotining baʼzi masalalari, T., 1977; Xalq maorifi va pedagogika fanining buyuk allomalari, T., 1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x