RAHMONQULOV

RAHMONQULOV Hojiakbar (1925. 9.2, Chimkent viloyati Sayram tumani) — huquqshunos olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi (1990). Yuridik fanlari d-ri (1970), 2-jahon urushi katnashchisi. Toshkent yuridik in-tini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Adliya vazirligi boshqarmasida katta taftishchi (1950 51, 1956-57). Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq in-tida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, shoʻba, boʻlim mudiri (1957—80, 1985—91), direktor (1991—97). SamDU kafedra mudiri (1980—85). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991). Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasida prof., 1999-y. dan Toshkent yuridik in-tida kafedra mudiri. «Jasorat» medali bilan mukofotlangan (1994).

As: Oʻzbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksining 1qismiga umumiy tavsif va sharxlar, T., 1997; Oldisotdi shartnomasi, T., 2000; Xususiy mulk va uning daxlsizligi, T., 2000; Xalqaro xususiy huquq (darelik; hammualliflikda), T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x