RAHMONBERGANOV

RAHMONBERGANOV Karimbergan (1870 — Xiva — 1959) — toshtarosh usta, muhrkan, kandakor. Bobosi Xudoybergan muhrkan va otasi usta Rahmonbergan Xudoyberganovlar bilan birga ishlab hunar oʻrgangan. Bobosi bilan Xiva xoni Muhammad Rahim II va Isfandiyorxon hovli saroyidagi, Koʻhna, Ark, Islomxoʻja madrasasi ayvonlaridagi ustunlarga marmardan oʻyma naqshli poyustun (oʻratosh)lar ishlagan; otasi bilan Xivaning meʼmoriy obidalari (Toshhovli, Koʻhna Ark va b.)ni taʼmirlashda qatnashgan. R. Toshkentdagi Navoiy teatrining Xiva zalini bezash uchun nafis naqshlar bilan bezatilgan marmar namoyonlar yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x