RAHMATOVA

RAHMATOVA Farogʻat (1926.25.5, Qarshi) — aktrisa va xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Konservatoriyaning tayyorlov kursini tugatgan (1944—45). Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida «Yoriltosh» spektaklida Oymomo rolini ijrosi bilan boshlagan (1940). Keyinchalik Buxoro teatrida (Shirin, «Farhod va Shirin»; Muhabbat, «Davron ota»), Toshsovet nomidagi Yangiyoʻl teatrida (Oksana, «Qoʻchqor Turdiyev»; Guloyim, «Muqanna»; Zuhra, «Tohir va Zuxra», Guljon, «Nasriddin Buxoroda»; Oftobxon, «Oftobxon» va b.)ʻ ishlagan. 1948-y. Toshsovet teatri Muqimiy teatriga qoʻshilgandan buyon, shu teatr aktrisasi. Teatr sahnasida rang-barang obrazlar yaratib elga tanildi: Sarvi (Uygʻun; M. Leviyev, «Oltin koʻl»,) Oybarchin (S. Abdulla; T. Jalilov, «Alpomish»), Darijon (T. Sobirov; M. Yusupov, «Uch bahodir»), Sanam (A. Bobojon; M. Yusupov, «Aziz va Sanam»), Obidaxon (S. Abdulla; T. Jalilov, G. Mushel, «Mavlono Muqimiy»), Zulxumor (K. Yashin; T. Jalilov, «Ravshan va Zulxumor»), Kumush (D. Fayziy, «Zarafshon qizi»), Risolat pari (H. Gʻulom; M. Leviyev, «Toshbolta oshiq»), Hayotxon (M. Ismoiliy; D. Soatqulov, «Fargʻona tong otguncha»), Ona (X. Rasul; M, Yusupov, «Muqaddas diyor»; R. Maʼdiyev; B. Lutfullayev, «Takdir»), Zubayda (R. Maʼdiyev; F. Olimov, «Devona») va b. Uning qaxramonlari hissiyotlarga boyligi, holatlarining anikligi, taʼsirchanligi, nozik oʻynoqi qochirimlari, oʻziga xos talqin1; bilan ajralib turadi. Rahmatova xonanda sifatida ham el orasida mashxur. «Diyorimsan», «Goʻzal», «Tuprogʻim mening», «Yoring unutma», «Yordan salom kelibdir», «Vafo qilsa», «Onajon», «Unutma», «Gul mavsumi», «Dugoh» kabi qoʻshiq va ashulalarning betakror ijrochisi. «Mehnat shuxrati» ordeni bilan mukofotlangan (1992).

Toshpoʻlat Tursunov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x