RAHMATOV Mirmahmud Mirahmatovich

RAHMATOV Mirmahmud Mirahmatovich (1950.18.2, Toshkent) — ganchkor usta, Oʻzbekiston xalq ustasi (2002). Usta Mahmud Usmonovnpng shogirdi. Ustozi bilan ishlab hunar oʻrgangan; 1966-y. Alisher Navoiy teatri binosining ganch bezaklarini taʼmirlashda qatnashgan. Rahmatov respublika va xorijiy mamlakatlar (Ukraina, Rossiya va b.)dagi jamoat binolarini bezagan, nafis va jozibali bezaklar (Mas, qandil, namoyon, rozetka va b.) tayyorlagan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis, Toshkent sh. hokimiyati binolari, Imom Buxoriy majmuidagi iщlari diqqatga sazovor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x