RAHMAT FAYZIY

RAHMAT FAYZIY (taxallusi; asl ism-sharifi Fayziyev Rahmat, 1918.10.9 — Toshkent — 1988.18.1J) Oʻzbekiston xalqyozuvchisi (1978), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). «Lenin uchquni» (hoz. «Tong yulduzi», 1937) va «Yosh leninchi» (hoz. «Turkiston», 1938) gaz. larida ishlagan. 2-jahon urushi qatnashchisi «Frunzeves» (1943), «Kizil Oʻzbekiston» (1944) gaz. lari va «Sharq yulduzi» jur. (1951—54)da boʻlim mudiri, «Oʻzbekiston madaniyati» gaz. (1957— 59) va «Oʻzbekfilm» kinostudiyasi (1962 — 65)da bosh muharrir. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari (1965—74), Butunittifoq mualliflik xuquqi Oʻzbekiston boʻlimi boshligʻi (1974—88). Rahmat Fayziyning «Toʻy taraddudi» deb nomlangan 1hikoyasi 1948-y. da eʼlon qilingan. Shundan keyin uning «Toʻyona», «Ulgʻayish» (1950), «Birinchi bahor» (1951) hikoya va ocherklar toʻplamlari nashr etilgan. «Choʻlga bahor keldi» (1951) dastlabki qissasi qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuiga bagʻishlangan va adabiy jamoatchilik eʼtiborini qozongan. Keyinchalik yozuvchi ushbu asarni qayta ishlab, uni 1972-y. da roman tarzida nashr etgan. «Povest va hikoyalar» (1954), «Shohi darparda» (1958), «Kishilarimiz qissasi» (1962) singari ocherk, hikoya va qissalardan iborat goʻplamlari ham bor. Uning «Sen yetim emassan» kinoqissasi (1960) asosida kinorejissyor Sh. Abbosov tomonidan suratga olingan shu nomdagi filmi katta shuhrat qozongan. Yozuvchi ushbu kinoqissa ustidagi ijodiy ishini davom ettirib, urush yillarida 14 yetim bolani oʻz bagʻriga olgan va ularga mehrmuruvvat koʻrsatgan kishilar jasoratiga bagʻishlangan «Hazrati inson» romani (1970)ni yaratdi. Oʻzbek xalqiga xos mehrmuhabbat va bagʻrikenglik keng epik planda tasvirlangan bu asarda oʻzbek adabiyotining insonparvarlik mohiyati oʻzining yorqin ifodasini topgan. Rahmat Fayziy, shuningdek, «Yoryor» filmi ssenariysi va bolalarga bagʻishlangan «Birinchi xat» (1954), «Hayotning tugʻilgan kuni» (1953) va b. hikoyalar muallifi. Toshkent sh. dagi koʻchalardan biri Rahmat Fayziy nomi bilan ataladi.

Ac: Tanlangan asarlar [3 j. li], 1 — 3j. lar, T., 1970—72. Ad.: Mirzayev I., Rahmat Fayziy, T., 1974.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x