RAHIMOV Muhiddin Karimovich

RAHIMOV Muhiddin Karimovich (1903.12.8 — Toshkent 1985.3.10) kulol, sanʼatshunos. Oʻzbekiston xalq rassomi (1944). Turkiston respublikasi Xalq xoʻjaligi kengashi qoshidagi (Toshkent) badiiy hunarmandlik maktabi (1918— 20), Moskva silikatlar in-ti (1924—26), Leningrad keramika in-ti (1927—29)da oʻqigan. Sanʼatshunoslik i. t. in-tida ilmiy xodim (1965—71), Toshkent badiiy sanoat oʻquv i. ch. k-ti (1935—50), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (1958 — 61) va Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1952—76) da dars bergan. Rahimov ijodida anʼanaviy oʻzbek kulolligi bilan zamonaviy keramika anʼanalari uygʻunlashgan. Ijodining dastlabki davrida yaratgan buyumlarida yorqin zamindagi koʻk, yashil, sariq gullar jilosi ajoyib mujassamot hosil qiladi. Urta asrlar kulolligini yaxshi oʻrgangan Rahimov anʼanaviy (lagan, guldon) va yangi shaklli bezak idishlar, portretli sovgʻa buyumlar yaratdi, ularning bezagida oʻsimliksimon naqshlar bilan bir qatorda syujetli, hayvon shakllari va yozuvli tasvirlardan mohirona foydalandi. Keramika materiali va boʻyoqdarini oʻrganish yoʻlidagi izlanishlari samarasi sifatida bir qator asarlar maydonga keldi (Mas, «Oʻzbekistonning badiiy keramikasi», rus tilida, 1961 va b.). R. yaratgan sopol buyumlar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

Rahimov yashagan uyda «M. Rahimov nomidagi kulollik muzeyi» ochilgan (1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x