RAFIQOV Muhammad Muhiddinovich

RAFIQOV Muhammad Muhiddinovich (1940.26.10, Buxoro) — aktyor, rej. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1966). 1966— 67 y. lar Hamza teatrida, 1967—83 y. lar Buxoro teatrida aktyor (1981—83 y. lar direktor), 1983-y. dan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining bosh rej. i. Hamlet (U. Shekspir, «Xamlet»), Temirxon («Nerkes»), Xlestakov («Revizor»), Yoʻldosh («Qopqon»), Ibn SinoIbn Sino»), Shoh Bahrom («Dilorom»), Nodir («Oltin devor»), Karimov («Komissiya») kabi rollari bilan tanilgan. U bir qancha filmlar (Hojir, «Rustam va Suqrob»; Vali, «Siyovush haqida qissa»; Akrom, «Laylak keldi, yoz boʻldi»; Usmonbek qoʻrboshi, «Afsonaga aylangan qiz» va b.) va telefilmlar Shayboniyxon, «Bobur»; Akbarali mingboshi, «Kecha va kunduz»; Imom Buxoriy, «Imom alBuxoriy»; Amir Temur, «Sohibqiron»; Abdurahmon tabib, «Shaytanat»; Ibn Sino, «Hakim va ajal»)da ham esda qolarli obrazlar yaratgan. Rafiqov inson ichki dunyosini, kechinmalarini hayotiy talqin etishi bilan ajralib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x