RADIOLOKATOR

RADIOLOKATOR, radiolokatsiya stansiyasi — turli obyektlar (nishonlar)ni radiolokatsiya usulida kuzatish uchun moʻljallangan qurilma; radar. Asosiy elementlari: antennalar tizimi, uzatkich, yorugʻlik indikatorli qabul qilgich (priyomnik) va RhM (kompyuter). Havo, suv yoki qurukdikdagi turli obyektlarni kuzatishga imkon beradi.

Radiolokator birinchi marta 1936-y. Buyuk Britaniyaning jan. gʻarbiy qirgʻogʻida oʻrnatilgan. U faqat samolyotlarni aniqlashda qoʻllanilgan. 20-a. 50—60y. larida raketa va kosmik texnikaning yaratilishi munosabati bilan ancha takomillashgan Radiolokatorlar ishlab chikarila boshladi.

Vazifasiga koʻra, Radiolokatorlar bir necha turga boʻlinadi. Bular, Mas, qavodagi harakatni boshqarish tizimining kosmik uchish apparatlarini izlaydigan Radiolokator, havo hujumiga qarshi mudofaa Rlarida ishlatiluvchi boshqariladigan zenit raketalarini aniqlash yoki nishonga eltish Radiolokatori va b. Oʻrnatilish joyiga qarab, yerda, kemada, samolyotda, sunʼiy yoʻldoshda turadigan; texnik koʻrsatkichlari boʻyicha metrli, detsimetrli, santimetrli, millimetrli (MM) va b., ish usuli va rejimlari boʻyicha — impulyeli va uzluksiz nurlatuvchi, kogerent hamda kogerentsiz ish rejimli va b. farq qilinadi. Muhim uzellarining parametrlari (uzatkichi, qabul qilgichi, antennasi, qabul qilingan signallarni qayta ishlash tizimi) boʻyicha ham xillarga boʻlinadi.

Yer sunʼiy yoʻldoshlarini kuzatadigan va ularning trayektoriyalarini oʻlchaydigan Radiolokatorlar, boshqa sayyoragacha boʻlgan masofalarni, uning harakat parametrlari va b. fizik koʻrsatkichlarini oʻlchaydigan Radiolokatorlar, bir necha ming km naridagi obyektlarni kuzatish uchun qisqa toʻlqinda ishlaydigan Radiolokatorlar, Mas, ballistik raketa uchirilgan zahoti uning koordinatalarini taxm. aniqlash, yadro portlatishlarini sezish va b. maqsadlarda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x