QUYOSH SOATI

QUYOSH SOATIQuyosh boʻyicha vaqtni aniqpaydigan asbob. Q. s markaziga joyning geografik kengligiga teng burchak ostida sterjen (plastina) va siferblat oʻrnatilgan taxtachadan ibo-rat. Quyosh soati sterjen (oʻqi) olam oʻqiga parallel qilib oʻrnatiladi. Siferblat tekisligining oʻrnatilishiga qarab, Quyosh soati s ekvatorial, gorizontal va verti-kal turlarga boʻlinadi. Ekvatorial Quyosh soatida siferblat tekisligi osmon ekvatoriga, gorizontal Quyosh soati gori-zont tekisligiga parallel qilib oʻrnatiladi. Vertikal Q. s. esaturli imo-ratlarning tik devorlariga oʻrnatiladi. Ekvatorial Quyosh soatida siferblat teng boʻlaklarga, gorizontal va vertikal Quyosh soatida esa maxsus formula yordamida hisoblab topilgan, teng boʻlmagan boʻlaklarga boʻlinadi.

Oftobli kunda ochiqjoyda Quyosh soati s sterjenining soyasi siferblatga tushadi va haqiqiy quyosh vaqtini koʻrsatadi (yana q. Soat).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x