QUYONQULOQ

QUYONQULOQ, lindelofiya — govzabondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Oʻrta Osiyoda, Afgʻoniston va Eronda tarqalgan. Oʻzbekistonda uzun ustunchali Quyonquloq yoki koʻkgul turi oʻsadi. Ildizi oʻqildiz. poyasi tik, boʻyi 40—80 sm. Ildiz boʻgʻzidagi barglari yirik (uz. 25—50, eni 2—5 sm), toʻpguli roʻvaksimon, guli koʻk-havorang. Iyunsent. da gullab urugʻlaydi. Mevasi yongʻoqcha. Togʻ zonasi, daryo, kanal va yoʻl boʻylarida, paxtazorlarda oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x