QUVA

QUVAFargʻona viloyati Quva tumanidagi shahar (1974-y. dan), tuman markazi. Fargʻona sh. dan 40 km shim,-sharqda. Yaqin t. y. stansiyasi Quva (4 km). Aholisi 40 ming kishi (2005). q. — Fargʻona vodiysidagi eng qad. shaharlardan biri. Shaharning vujudga kelishi va nomi xaqida turli rivoyatlar mavjud. «Fargʻona tarixi»ning muallifi Ibratning yozishicha, Quva Qubod (yoki Qubo) deb atalib, keyinchalik «Quva» shaklini olgan. q. va Davan davlati toʻgrisida dastlabki maʼlumotlar mil. av. 2-a. ga mansub Xitoy manbalarida keltirilgan. Oʻsha davrda Quva kengayib qoʻhandiz, shahriston va rabod kabi uch qismdan iborat boʻlgan. Shahar tevaragi ikki qator qalin va baland mudofaa devori bilan oʻralgan. Rabodda baland (3,6 m) yaxlit tagkursi ustida budda ibodatxonasi qad koʻtargan (q. Quva budda ibodatxonasi). Ibodatxona 8-a. boshlarida arablar tomonidan vayron qilingan. 9—12-a. larda Q. Fargʻonaning yirik, koʻrkam va obod shahriga aylangan. Istaxriyning taʼkidlashicha, Quva kattaligi jihatidan Fargʻonada Axsikatdan keyin ikkinchi shahar hisoblangan. Ibn Havqalning yozishicha, Quva Sayxun (Sirdaryo)gacha yetib boradigan nahr sohilida qad koʻtargan. Uning marka-zida Registon maydoni, koʻhandizda jome masjidi, rabodida esa saroy, qamoqxona va bozorlari joylashgan. Quva moʻgʻullar istilosi oqibatida vayron etilib, 14—16-a. larda qasaba shaklidagi maskanga aylangan. Yoqut Hamaviy Quvani katta shahar deb ataydi. Shahar Mahmud Qoshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asariga ilova qilingan xaritasida koʻrsatilgan. Quvada hunarmandchilik rivojlangan. Temirchilik va shishasozlik yuksak darajaga yetgan, shaharning oʻz tangasi zarb qilingan. «Boburnoma»da Q. Andijondan 4 ogʻoch (farsax) narida joylashgan qishloq deb aytiladi.

Tarixchi A. Muhammadjonovning fikricha, shahar nomi «Qaviybod», «Qavobod» yoki «Qaybod» shakllarida talaffuz etilgan va qaviylarning qarorgohi, tojdor hukmdorning kayoniy taxti oʻrnatilgan qasr va mamlakatning bosh shahri — poytaxt maʼnosini anglatgan. Keyinchalik oʻzgarib Quva shaklini olgan.

Quvada 1956—60 y. larda Ya. Gʻulomov boshchiligida (V. D. Jukov, I. Ahrorov, V. A. Bulatova, A. Muhammadjonov, H. Muhamedov, M. Aminjonova) arxeologik qazishma ishlari olib borildi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, oʻrta asrlarda Quvaning umumiy mayd. 100—120 ga ni tashkil etgan. Shundan shahriston 12 ga va uning shim.-sharqiy burchagidagi arki aʼlo 1 ga maydonni egallagan (shahriston va ark qoldiqlari hoz. gacha saqtangan). 1998-y. Ahmad agFargʻoniyning 1200-y. lik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish vaqtida Quvada arxeologik qazishmalar olib borildi. Buning natijasida shahristonning jan. mudo-faa devori ostidan 8 m dan ziyod chuqurlikdan mil. av. 2 — 1 – a. larga oid moddiy madaniyat buyumlari topildi. 1998-y. dagi qazishma ishlari natijasida shaharning uch darvozasi oʻrni aniqlandi, shahar xarobasi hududidan turar joy binolari majmuasi va uning shim. da 7—8-a. larga oid budda ibodatxonasi hamda u yerdagi budda ilohlari haykallari topildi.

Quvadan bir qancha mashhur kishilar. xususan, Ahmad al-Fargʻoniy, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Quboviy. Rukniddin Quboviy, Muhammad ibn Muhammad al-Quboviy, Abduqa-yum Vaxmiy, Shokirxon Hakimiy va b. yetishib chiqqan.

Shaharda paxta tozalash, gʻisht z-dlari, mebel, tikuvchplik, qan-dolatchilik f-kalari. don mahsulotlari k-ti. aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, qurilish tashkilotlari, yoʻllarni taʼmirlash tashkiloti, taʼmirlashqurilish boshqarmasi, «Issiqnon», toʻqimachilik korxonalari. dehqon bozori. savdo markazi. anor sharbati ishlab chiqaruvchi sex. avtokorxona bor. OʻzbekistonTurkiya «Ahror» qushma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. 5 umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, liney. klub muassasalari. Tuman markaziy, bolalar kutubxonalari, madaniyat va istirohat bogʻi, baynalmi-nal jangchilar, 2-jahon urushi qatnashchilari xiyobonlari, Ahmad al-Fargʻoniy yodgorlik majmui, oʻlkashunoslik muzeyi, stadion mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, shahar kasalxonasi, tish davolash poliklinikasi, maxsus dispanser, «Ona va bola» reabilitatsiya markazi, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qdan Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon, Andijon, Asaka, Shahrixon, Oʻsh, Aravon va b. shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Ad.: Abduxoliq Abdurasul oʻgli, Qadimgi Fargʻona tarixidan [Xitoy manbalarida Fargʻona haqida ilk maʼlumotlar]. T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x