QUTIBOYEV Yerkinboy Menliboyevich

QUTIBOYEV Yerkinboy Menliboyevich (1972.28.8, Nukus) — muaytaychi, kikboksingchi. «Oʻzbekiston iftixori» (1999). Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2004), qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2002). Qutiboyev dastlab sportning erkin kurash va boks turlari bilan shugʻullandi, kikboksing boʻyicha Yevropa chempioni boʻldi (1994, Rimini). Kurashning muaytay turida katta shuhrat qozondi: 91 kg vaznda Oʻzbekiston (1997—2004), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon (1995, 1997, 1998, 2002, 2004, Bang-kok) chempioni. q. Kiyev texnika un-tini tugatgan (1994), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bosh mutaxassisi (1997— 2001), Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (2001—2002), Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston filiali direktori (2002 — 2004), Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori (2004-y. dan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2005), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati (2005). Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazi-rining 1-oʻrinbosari (2006-y. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x