QUTB TUNI

QUTB TUNI — Yerning Shim. qutb doirasidan shimolroqda va Jan. qutb doirasidan janubroqda boʻlgan tun. Bir sutkadan ortiqdavom etadi. Kuzgi teng kunlik (21 yoki 22 sent.)da Quyoshning ogʻishi 0 ga teng boʻlganda Yerning shimoliy qutb doirasida Quyosh chiqmaydi va Qutb tuni boshlanib, bahorgi teng kunlik (21 yoki 22 mart) gacha davom etadi. Shim. yarim sharda Quyoshning ogʻishi minimal (8=—23°27ʻ), yaʼni Quyoshning qishki turishi (21 yoki 22 dekabr) kunlarida Qutb tuni uzunligi maksimal boʻladi. Jan. qutb doirasida (f=—66°33ʻ) Quyosh qishki turish kuni botmaydi va yozgi Quyosh turish kuni (21 yoki 22 iyun) chiqmaydi. Qutb tuni ham qutb kuni kabi oddiy geo-metrik koʻrinishda sodir boʻlmaydi. Quyosh gardishi, refraksiya va Quyosh ogishining oʻzgarib borishi Qutb tuni uzunligiga taʼsir koʻrsatadi. Umuman Qutb tuni qutb kuniga nisbatan qisqaroq boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x