QURULTOY

QURULTOY (turkiy-moʻgʻulcha — xurultay) , kengash, majlis, syezd — turkiy xalqlar va moʻgʻul xalqida qadimdan mavjud boʻlgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy nomi.

1) Turkiy xalqlarda Qurultoy va harbiy kengash oʻtkazish anʼanasi qadimdan mavjud boʻlgan. U Eftaliylar va Turk xoqonligi davlatlarida paydo boʻlib, kamida 1500-yillik tarixga ega. Hatto ayrim manbalarda yozilishicha, Hun xoqonligi davrida ham Qurultoylar oʻtkazilgan. Saljuqiylar va usmonlilar sulolasi vakillari Qurultoyda oʻz sultonlarini saylashgan. Moʻgullar davlatiyaa (Chingizxon va uning vorislari davrida) q. hokimiyat boshqaruvining oliy shakliga aylangan edi. Amir Temur va temuriylar davriga kelib, Qurultoylar oʻzining mukammal tuzilishiga ega boʻlgan. Qurultoyda mamla-kat hayotidagi jiddiy siyosiy va iqtisodiy masalalar hal qilingan, u muhim harbiy yurishlar arafasida oʻtkaziladigan oʻziga xos katta marosimga aylangan. «Temur tuzuklari»da Qurultoy (harbiy kengash) oʻtkazish tartiblari haqida soʻz boradi. Qurultoyda mamlakat hukmdori va qoʻshin qoʻmondoni saylangan.

Qurultoy oʻtkazish Nizomiga koʻra, uning har bir ishtirokchisi oʻz fikrini erkin ravishda bildirishi mumkin boʻlgan. q. qatnashchisi boʻlgan amir va beklarga muayyan kuchlar tomonidan tavsiya etilayotgan nomzodlar haqida oshkora va hech qanday moneliksiz fikr-mulohaza aytish huquqi berilgan. Saylovlar oshkora va teng asoslarda oʻtgan. Soʻngra saylovda gʻolib chiqqai nomzodni paygʻambar Muhammad (sav) avlodlaridan boʻlgan sayyidlar qoq yerga toʻshalgan oq kigiz yoniga yetaklab kelishardi. Mamlakat hukmdori yoxud harbiy qoʻshinning oliy bosh qoʻmondoni qilib saylangan shaxs shariat qonunlariga binoan ish koʻrishi lozimligi toʻgʻrisida muqaddas Qurʼoni karimni qoʻlida tutib, qasamyod etishi kerak edi. Soʻngra uni nufuzli urug boshliqlari (biylar) oq kigizga solib, koʻtarish marosimini bajo keltirishgan. Bu anʼana Oʻrta Osiyoda xonliklar davrida (20-a. boshlariga-cha) ham saqlanib qolgan;

2) 1917-y. da Butun Turkiston musulmonlari tomonidan oʻtkazilgan 4 ta anjuman. Ularning oxirgisida Turkiston muxtoriyati tashkil topgan (1917-y. 26—28 noyab.);

3) Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasiaa oliy davlat hokimiyat organi;

4) Turkistonda srvet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlari tomonidan tashkil qilingan idora. Turkiston vatan-parvarlari Qurultoy larda oʻz harbiy yoʻlbosh-chilarini saylashgan, qizil armiyaga qarshi kurashdan saboq va xulosalar chiqarib, boʻlgʻusi jang rejalarini muhokama qilishgan. Qurultoy larda Oliy bosh qoʻmondon bilan birgalikda harbiy dastalarning qoʻmondonlari — qoʻrboshilar ham saylangan.

5) 20-a. da Oʻzbekiston SSRda q. x. xodimlari — paxtakorlar, chorvadorlar va b. ning eski yil yakuni va yangi yil rejalari munosabati bilan oʻtkaziladigan respublika, viloyat va tuman yigʻinlarining nomi.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x