QURILISH KONSTRUKSIYALARI

QURILISH KONSTRUKSIYALARIbino va inshootlarning asosiy qismlari. Koʻtaruvchi, toʻsuvchi, koʻtaruvchi-toʻsuvchi va yopuvchi kabi turlarga boʻlinadi. Arka, ferma va rama shartli ravishda koʻtaruvchi; devor va yopmalarning panellari, gumbaz va b. toʻsuvchi, koʻtaruvchi va yopuvchi Qurilish konstruksiyalari hisoblanadi. Qurilish konstruksiyalarining tekis (balka, ferma, rama) va fazoviy (gumbaz va b.) xillari bor. Q. k. beton va temir-beton, metall, plastmassa, yogʻoch va gʻishtdan ishlanadi.

Qurilishda beton va temir-beton konstruksiyalar keng tarqalgan. Gidro-texnika inshootlari, yoʻllar, aero-dromlar, rezervuarlar qurishda yaxlit temir-beton ishlatiladi. Maxsus beton va temirbeton yuqori va past t-ralar yoki kimyoviy agressiv muhitlar taʼsi-rida boʻladigan inshootlarni qurishda qoʻllaniladi. Metall konstruksiyalar, asosan, koʻp qavatli bino va inshootlarning sinchlari, sexlar, katta hajmli rezervuarlar, koʻpriklar qurishda ishlatiladi.

Gʻisht, tabiiy tosh, mayda bloklar va b. konstruksiyalar yirik panellarga qaraganda kamroq ishlatiladi. Yogʻoch konstruksiyalardan foydalanishning asosiy yoʻnalishi yelimlangan yogʻoch konstruksiyalarga oʻtishdir. Qurilishda koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar uchun yelimlangan yogʻoch keng qoʻlla-niladi. Industrial konstruksiyalardan asbestsement pnevmatik konstruksiyalar; yengil qotishmalar va plastik massalar ishlatiladigan konstruksiyalar keng tarqalgan. Qurilish konstruksiyalariga qoʻyiladigan asosiy talablar: tayyorlashni in-dustrlashtirish koʻlami (z-d sharoitida tayyorlanishi), samaradorligi (materiallar sarfi va qiymati boʻyicha), tashish va montaj qilishning qulayligi.

Oʻzbekiston meʼmorchiligida qadimdan arka, gumbaz, ravoq kabi Qurilish konstruksiyalarida asosan pishiq gʻisht va ganch ishlatilgan (q. Arkaustuni). 20-a. 40-y. laridan temir-beton va quyma beton konstruksiyalar keng rasm boʻldi. Qurilishda ishlatiladigan temir-beton konstruksiyalar asosan 2 usul-da: qurilish obyektining oʻzida va z-d yoki tajriba maydonlarida tayyorlanadi. 20-a. 90-y. laridan plastmassa va alyuminiy Q. k. (ayniqsa, rama, terrasa, deraza va eshiklar uchun) keng qoʻllanilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x