DO`STLARGA ULASHING:
Zarur masalliqlar: 9 dona tuxum, 2 stakan shakar, 1 stakan un, 500 gr. qulupnay, 3 stakan sut, 150 gr. saryog‘.
Tayyorlanishi: tuxum sarig‘idan ajratib olinadi. Idishga tuxumning oqi solinib, mikserda yaxshilab ko‘pirtiriladi. Keyin oz-ozdan shakar solinib, aralashtiriladi.
Masalliq ichiga tuxum sarig‘i va un solib, biksvit xamiri tayyorlanadi. Maxsus qolipga xamirni solib, qizdirilgan gaz pechida 180 daraja haroratda 30-40 daqiqa davomida pishiriladi.
Kremni tayyorlash uchun idishga tuxum, shakar, un solib, mikserda yaxshilab aralashtiriladi va ustidan sut solib, past olovda pishiriladi. Tayyor krem sovugach, ustiga sariyog‘ solib aralashtiriladi.
Biksvit xamiri esa teng ikkiga bo‘linadi. Uning birinchi qismiga krem surtilib, ustidan bo‘lingan qulupnay donalari terib chiqiladi. Qulupnaylar ustidan yana krem surtilgach, so‘ng biksvitning ikkinchi bo‘lagi qo‘yiladi.
Tort ta’bga ko‘ra qulupnay mevalari bilan bezatiladi.
soglom.uz/tavsiya/qulupnayli-tort-2/