Choyni qachon ichish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Kanadalik va britaniyalik parhezshunoslar choyga an’naviy qo‘shiladigan limon, sut va shakar kabi mahsulotlar sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni kuchaytirishi mumkin, degan xulosaga keldi.

Tadqiqotchilarning aytishicha, choyning ta’mini yaxshilash uchun qaysidir mahsulotni qo‘shib iste’mol qilish onkologik kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Xususan, choyga shakar solib ichib bo‘lmaydi. Chunki bu odat insulinga qarshilikni rivojlanishiga, natijada ichki a’zo va tizimlar faoliyatida turli xavfli o‘zgarishlarga olib keladi. Tabiiy asal bilan choy ichilganda esa uning harorati 40 darajadan oshmasligi lozim.

Limon haqida gap ketganda ekspertlar uni sovuq choyga solib iste’mol qilishni tavsiya etadi. Agar limon parragini qaynoq choyga solsangiz mahsulot tarkibidagi foydali vitaminlar, xususan, S vitamini foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.

Choyga sutni qo‘shish uning tarkibidagi tabiiy antioksidantlar sonining kamayishiga olib keladi. Jumladan, inson organizmida saraton va diabet xastaligining rivojlanishiga qarshi kurashuvchi bo‘lgan kateinlar kamayib ketadi.

 

Dilnoza RAIMBEKOVA,

poytaxtimizdagi 44-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

soglom.uz/tavsiya/choyni-qachon-ichish-kerak/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x