QULIYEVA Mayya (Mamajon; 1920, Ashxobod tumani) — turkman xonan-dasi (lirik soprano). Xalq artisti (1955). Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1938—41). 1941-y. dan Mahtumquli nomidagi Turkman opera va balet teatrining yakkaxon xonandasi. Mohim, Shohsanam, Ayna A(. Shaposhnikov, «Tohir va Zuhra», «Shohsanam va Gʻarib», «Ayna»), Layli (Yu. Meytus, D. Ovezov, «Layli va Majnun») kabi partiyalarni katta isteʼdod b-n, mumtoz operalaridan ham koʻpgina partiyalarni muvaffaqiyatli ijro etgan (P. Chaykovskiyning «Yevgeniy Onegin»ida Tatyana, J. Bizening «Karmen»ida Mikaela, Sh. Gunoning «Faust»ida Margarita va b.). Xalq qoʻshiqlarining mohir ijrochisi sifatida ham tanilgan. Bir necha turkman filmida suratga tushgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые