QULIYEV Qaysin Shuvayevich

QULIYEV Qaysin Shuvayevich (1917.1.11 — hoz. Kabarda-Balkariya Respublikasi, Chegem tumani — 1985.4.6) — bolqor shoiri. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—44). Moskvadagi Teatr sanʼati in-tini tugatgan (1939). Ilk sheʼrlar kitobi — «Assalom, tong» (1940). Asarlarida inson kechinmalari, tabiat, vatan, ozodlik va turmush tashvishlari, oʻz zamonasi va tarixiy oʻtmish voqealari aks etgan. «Qoʻshnilarim» (1939-45), «Daralar qoʻshigʻi» (1960) sheʼriy toʻplamlari va «Yarador tosh» (1964), «Yer kitobi» (1972), «Oqshom» (1974), «Zamin chiroyi» (1980) kabi dostonlar muallifi. Bolqor xalqi tarixi va taqdiriga bagʻishlangan «Qish edi» (1985) epik asari umrining oxirlarida yozilgan. Bir qator Kavkaz xalqlari vakillari qatori Oʻrta Osiyoga surgun qilingan Quliyev 1944—57 y. larda Qirgʻizistonda yashagan. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan nufuzli adabiy tadbirlarda muntazam qatnashgan. U oʻzbek sheʼriyatini nihoyatda qadrlagan; Zulfiya, Shukrullo, Abdulla Oripov kabi oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini bolqor tiliga tarjima qilgan. «Gul va xanjar» (1968), «Koʻzlaringni sevaman» (1977), «Meni ardoqlagan ayollarga» (2004) kitoblari oʻzbek tilida nashr qilingan.

As: Sobraniye sochineniy, p 3-x t.. M., 1987.

Ad.: Efendiyev T., Kaysыn Kuliyev, M., 1985.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x