LINNIK Yuriy Vladimirovich

LINNIK Yuriy Vladimirovich [(1914.26.12 (1915.8.1), Belaya Serkov — 1972.30.6, Leningrad] — rus matematigi, akad. (1964), Leningrad un-tini tugatgan (1938), shu un-tda prof. (1944). Asosiy ishlari ehtimollar nazariyasi ustunlarining sonlar nazariyasiga tatbiqi, analitik sonlar nazariyasi va matematik statistikaga oid. U sonlarni kvadratik formalar orqali ifodalagan, Berej — Fisher mu-ammosi va b. qiyin masalalarni tek-shirgan. Uning katta turlar usuli tub sonlarning arifmetik progressiyalardagi taqsimoti va sonlar nazariyasining boshqa additiv masalalarini yechishga imkon berdi. Linnik oʻzi yaratgan dispersion usul bilan Xardi — Litlvud muammosini hal qilib, yetarlicha katta butun son tub son bilan ikki aniq kvadrat yigʻindisi shaklida ifodalanishini koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x